O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afg‘oniston poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. U bu lavozimda 2012—2024-yillarda Kobulda elchi bo‘lib ishlagan Yodgorxo‘ja Shadmanov o‘rnini egalladi.
U 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.
1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistonda elchi, 2011-2012-yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Sharhlar