O‘zbekistonning eng yirik 10 ta soliq to‘lovchilari e’lon qilindi
Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yilning yanvar-may oylarida 2187 nafar yirik soliq to‘lovchi tomonidan 52 trillion 48 milliard so‘m soliq to‘langan.
Shundan 25,7 trillion so‘mi davlat ulushiga ega 10 ta yirik soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bu summaning deyarli yarmi NKMK (11,4 trillion so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda OKMK (3,9 trillion so‘m), “Uzgastrade” (2,1 trillion so‘m) va “Hududgazta’minot” (2 trillion so‘m) kompaniyalari turibdi.
4 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ xususiy sektordagi 10 ta yirik soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng ko‘p to‘lovni “O‘zbat” (1,3 trillion so‘m) to‘lagan. Shuningdek, kuchli 10 talikdan Enter Engineering, Toshkent tamaki, Kapitalbank va Hamkorbank, Unitel va ADM Jizzax kompaniyalari joy olgan.
Sharhlar