O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o’zbekistonliklarni ogohlantirdi

Посольство Узбекистана в Израиле. Панорамы Google.

Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi yana bir bor quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qiladi:

1. Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning.

2. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga o‘rnating.

3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu sizga tezroq yordam olishga yordam beradi.

4. Imkon qadar ommaviy yig‘ilishlar joyini chetlab o‘ting va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklang.

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:

• Favqulodda yordam telefonlari :

☎️03-672-2466
☎️ 03-672-2371
☎️ 03-758-5075
☎️ 03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

☎️ 054 485 1397

• Elektron pochta: [email protected]

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.