O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2 milliard dollardan ziyodga oshdi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oktabr oyi boshidan buyon rekord darajaga yetdi va 43 milliard dollardan oshdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.
Qayd etilishicha, 2024-yil oktabr holatiga ko‘ra, zaxiralar hajmi 41,1 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda butun statistika tarixidagi maksimal darajaga – 43,1 milliard dollarga oshgan.
Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 12 million troy untsiyani tashkil etadi, bu pul bilan ifodalanganda 33,3 milliard dollarga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning valyuta zaxiralari 9,1 milliard dollarga baholanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar