O‘zbekiston Ozarbayjonning 7 yil davomidagi savdo va investitsiyaviy hamkorligi tahlil qilindi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. CERR O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi 7 yil davomidagi savdo va investitsiyaviy hamkorlikni tahlil qildi.
2016-2023-yillarda tovar ayirboshlash hajmi 11 baravarga o‘sib, 21,5 million dollardan (2016-yilda) 236,2 million dollarga (2023-yilda) yetdi.
- eksport 8,2 barobar, 133,4 million dollarga,
- import 19,8 barobar oshib, 102,8 million dollarga yetdi.
O‘zbekistonning Ozarbayjon bilan savdosida “erkin savdo” rejimi o‘rnatilgan.
2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 239 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, 2017-yilga nisbatan (71 ta) ularning soni 3,4 barobarga oshgan.
Sharhlar