O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi oshdi
2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 42,7 mlrd AQSH dollariga yetdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi axborot xizmati.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mlrd AQSH dollariga yoki 6,6 % ga oshgan.
Shuningdek, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jahonning 188 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirganligi ham tashqi savdo aylanmasi hajmining oshishiga olib keldi.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,8 %), Rossiya (18,2 %), Qozog‘iston (6,2 %), Turkiya (4,6 %) va Koreya Respublikasida (3,1 %) qayd etilgan.
- Eksport – 17,3 mlrd;
- Import – 25,4 mlrd.
Ulashish:
Sharhlar