O‘zLiDeP avtomashina vositalarini xarid qilayotganini inkor qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zLiDeP 2024-yilda xizmat avtomashina vositalarini xarid qilyapti degan mazmunda xabarlar tarqaldi.
Partiya 2024-yil budjetida mashina xarid qilishni ko‘zda tutmaganini va joriy yilda birorta ham avtomashina xarid qilmasligini ma’lum qiladi.
“Vaholanki, partiyamizning 2024-yil uchun tasdiqlangan budjetida xizmat avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablag‘ ajratilmagan va ko‘zda ham tutilmagan. Shu sababli, partiyamiz 2024 yilda birorta ham avtotransport vositalarini sotib olmasligini ma’lum qiladi”, – deyiladi O‘zLiDeP matbuot xizmati bergan xabarda.
Ulashish:
Sharhlar