Ozodbek Nazarbekov vazirlikdan ketishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga partiyalar tomonidan 5 nafar vazir nomzodi ham ilgari surilgandi. Bu vazirlar nomzodi partiyalar egallagan o‘rniga asosan, ro‘yxatdagi ketma-ketlikka ko‘ra deputatlikka o‘tgan edi. Biroq proporsional saylov tizimi qoidalariga ko‘ra, deputatlikka o‘tgan nomzodlar o‘z o‘rnidagi ishlab qolishni yoki parlamentda bo‘lishini o‘z istaklariga ko‘ra belgilashi nazarda tutilgan.
Uzdiplomat manbalariga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonning 5 nafar vaziridan faqat ikki nafari deputatlikka o‘tishga rozilik bergan. Bular, O‘zLiDeP dan nomzodi qo‘yilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda «Milliy Tiklanish» partiyasidan nomzod, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Qolgan 3 nafar vazir, ya’ni Ekopartiyadan nomzod – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, XDP nomzodi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov , «Adolat» partiyasidan nomzod – Adliya vaziri Akbar Toshqulovlar o‘z o‘rnida, vazir lavozimida ishni davom ettirishadi.
Sharhlar