Butun O‘zbekiston bo‘ylab palovning o‘rtacha narxlari ma’lum qilindi
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari (2024-yil may oyi uchun) ma’lum qilindi.
1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
🔸Qoraqalpog‘iston R. – 24 300 so‘m
🔸Andijon viloyati – 24 600 so‘m
🔸Buxoro viloyati – 28 600 so‘m
🔸Jizzax viloyati –26 200 so‘m
🔸Qashqadaryo viloyati – 27 900 so‘m
🔸Navoiy viloyati – 24 400 so‘m
🔸Namangan viloyati – 19 900 so‘m
🔸Samarqand viloyati – 27 300 so‘m
🔸Surxondaryo viloyati – 25 800 so‘m
🔸Sirdaryo viloyati – 23 500 so‘m
🔸Toshkent viloyati – 25 400 so‘m
🔸Farg‘ona viloyati – 23 300 so‘m
🔸Xorazm viloyati – 27 600 so‘m
🔸Toshkent shahri – 30 200 so‘m
Ta’kidlanishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan ob’ektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.
Sharhlar