Londonning markaziy bog‘ida 10 ta doshqozonda palov tayyorlandi
Buyuk Britaniyaning London shahrida “Birlashamiz” shiori ostida O’zbekiston madaniyati kunlari va milliy taomlari festivali tashkil etildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Festival doirasida tashkilotchilar tomonidan O’zbekiston turizmi targ‘ibotiga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarning asosiy qismi Londonning ramzi bo‘lmish “Tower Bridge” ko‘prigi yaqinidagi “Potters Fields Park” bog‘ida tashkil etildi.
Tadbir davomida bir kunlik qamrovi 500 ming nafardan ortiq kishini tashkil etadigan bog‘ hududida Bahriddin Chustiy boshchiligidagi va Londondagi “Oshpaz” restoranlar tarmog‘ining 30 ga yaqin oshpaz guruhi tomonidan O’zbekiston oshxonasining takrorlanmas lazzatga ega milliy taomlari tayyorlanib, londonliklar va shahar mehmonlariga tuhfa etildi.
Londonning markaziy parkida 2 kun davomida 10 ta doshqozonda o‘zbekona palov tayyorlandi va xorijliklarga tarqatildi. Milliy palov unutilmas ta’mi bilan xorijliklarda katta taassurot uyg‘otdi.
Sharhlar