“Pampers”ga yashirilgan og‘u
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda To‘rtkul tumanidagi xonadonlarning birida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro ichki kiyimiga oq rangli, o‘tkir hidli, kristallsimon moddani yashirgani fosh etildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar beryapti.
“Tadbir davom ettirilib, mazkur uyda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar ko‘zdan kechirilganida, qarangki, 8 oylik chaqaloqning kiyib yurgan tagligi ichiga yashirilgan sariq rangli sellofan paket ichida giyovandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur fuqarodan ashyoviy dalil sifatida olingan moddalar sof vazni 26,96 grammga teng bo‘lgan “geroin” giyovandlik vositasi ekanligi malum bo‘ldi.
Mazkur xolat yuzasidan jinoyat ishi kuzgatilib, xozirda tergov xarakatlari olib borilmokda.
Sharhlar