Para dzyudochilarimiz medal uchun kurashni davom ettiradi

Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Uljon Amriyeva chorak finalda xitoylik Shi Yijiyega qarshi kurash olib borib, imkoniyatni boy berdi.

Birozdan so’ng esa Uljon Amriyeva bronza medal uchun tatamiga chiqadigan bo‘ldi. Para dzyudochimiz Paralimpiya o‘yinlari medali uchun kechadigan kurashda ukrainalik Anjela Xavrisyukga qarshi bahs olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 dan keyin boshlanishi rejalashtirilgan.

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilimiz Sherzod Namozov esa chorak finalda ispaniyalik Luis Daniyel Gavilan Lorenzoni 10:0 hisobida yengdi va finalga chiqdi.

Sherzod Namozov ishtirokidagi final janggi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 dan keyin boshlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F57 klassida yadro uloqtirish dasturida final bellashuvlarida qatnashgan vakilimiz Mohigul Hamdamova 9.52 metr natija bilan 7-o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga o’ta olmadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.