Guljanoy Naimova taekvondo WT bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan XVII navbatdagi Paralimpiya o‘yinlarida hamyurtimiz Guljanoy Naimova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar bermoqda.
Guljanoy para taekvondo WT bo‘yicha +65.kg vazn toifasidagi (K44) final jangini Buyuk Britaniya vakilasi Emi Trusdeylga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bellashuvda paralimpiyachimiz jarohat oldi. Buning natijasida jang muddatidan avval yakunladi.
Ulashish:
Sharhlar