Paralimpiada rekordini yangilagan Asila Mirzayorova delegatsiyamizga ilk oltin medalni olib keldi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida dastlabki oltin medalini qoʻlga kiritdi. Mazkur chempionlik Asila Mirzayorovaga nasib etdi.
T11 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 5.24 metr qayd etib, eng yuqori natijani koʻrsatdi. Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu koʻrsatkich yangi Paralimpiya oʻyinlari rekordi sifatida belgilandi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.
Ulashish:
Sharhlar