Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga sovg‘alar topshirildi – foto

Paralimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 10 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 16 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 9-sentabr kuni kechqurun Toshkent aeroportida kutib olindi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida Paralimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 10 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 16 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

Oltin medal sohiblariga:

— 200 ming AQSh dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottej.

Kumush medal sohiblariga:

— 100 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
— kvartira.

Bronza medali sohiblariga:

— 50 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
— kvartira.

Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qo‘lga kiritib, medallar jadvalida 13-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi bo‘ldi. Bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija. Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 bronza (jami 19 ta) qo‘lga kiritib, umumiy reytingda 16-o‘rinni egallagandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.