Parij-2024: Anna Prakaten chorak finalga yoʻl oldi

Фото: НОК

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi, deb yozmoqda MOQ matbuot xizmati.

Dastlabki saralash bosqichining 3-guruhida startga chiqqan yurtdoshimiz 7:37.80 natija bilan 2-boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi.

Ushbu koʻrsatkich evaziga hamyurtimiz toʻgʻridan toʻgʻri chorak final ishtirokchisiga aylandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.