Parij-2024 Olimpiadasida qatnashgan mamlakat delegatsiyasi 12-avgust kuni O‘zbekistonga yetib keladi va tantanali kutib olinadi
Parijda o‘tgan 2024-yilgi yozgi Olimpiadada tarixiy natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan mamlakatning oltin avlodi 12-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga yetib keladi.
Olimpiada davomida O‘zbekiston delegatsiyasidagi har bir sportchining chiqishlarini vatandoshlarimiz o‘zgacha hayajon va intiqlik bilan kuzatib borishdi. Ularning g‘alabalarini esa juda yuqori kayfiyatda nishonlashdi.
Shunday ekan, chempionlarni munosib kutib olish maqsadida masʼullar zarur tayyorgarliklarni ko‘rishmoqda.
Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qatʼiy rioya qilgan holda chempionlarni g‘alabalar bilan qutlashlari mumkin.
Sharhlar