Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiada tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritgan holda turnirni yakunladi

Фото: НОК

Futbolchilarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi so’nggi uchrashuvlarini yakunlashdi. Temur Kapadze jamoasi dastlabki ikki turda Ispaniya (1:2) va Misrga (0:1) mag‘lub bo‘lib, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotgandi. Dominikan Respublikasiga qarshi 3-tur bahsi esa rasmiyatchilik uchun o‘tishi o‘yindan oldin ma’lum edi.

Bahsning 51-daqiqasida Abduqodir Husanovning jarima maydoni ichidagi qo‘polligidan keyin raqib jamoa hujumchisi Nunes hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin Alisher Odilov hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ushbu durang natija o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va O‘zbekiston olimpiya jamoasi musobaqa tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritib, guruhda 4-o‘rinda qoldi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Guruhdagi ikkinchi bahsda esa Ispaniya Misrga yutqazdi va guruhda 2-o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.

Parij-2024. S guruhi. 3-tur

Dominikan Respublikasi – O‘zbekiston – 1:1
Hakam: Ismoil Mahmud (Sudan)
Gollar: Rafael Nunes 51 pen., – Alisher Odilov, 58.
Dominikana: 1. Xaviyer Valdes, 2. Edgar Puyol, 12. Joao Urbayez (16. Nelson Lemer,81), 5. Lui de Lukas, 17. Xose de Leon (2. Reyyes Marzian, 46), 8. Angel Montes De Oka, 6. Xayns Morshel, 9. Rafael Nunes, 18. Novend Lorenso, 11. Peter Federiko (14. De La Kruz Mangas, 67), 7. Oskar Urenya (3. Josuye Bayez, 46)
O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Abduqodir Husanov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Ruslan Jiyanov (10.Jasur Jaloliddinov, 57), 9.Husayn Norchayev (14.Eldor Shomurodov, 57),13.Zafarmurod Abdirahmatov, 15.Umarali Rahmonaliyev, 18.Abdurauf Bo‘riyev, 19. Ibrohim Ibragimov (7.Abbos Fayzullayev, 57), 20.Alisher Odilov (17.Diyor Xolmatov, 83).

Ispaniya – Misr – 1:2
Gollar: Samu 90 – Ibrohim Odil 42, 60.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.