Parij-2024: Qudratulla Ma’rufxo‘jayevda oltin, Tolibboy Yo‘ldoshevda bronza medali

Parij Paralimpiadasida para yengil atletika bahslarida navbatdagi medallar qo‘lga kiritildi. Bu haqda Sport vazirligi xabar bermoqda.

F37 klassida yadro uloqtirish finalida Qudratulla Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan chempion bo‘lgan bo‘lsa, 15.24 metr natija ko‘rsatgan Tolibboy Yo‘ldoshev bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 6 taga yetdi — 2 tadan oltin, kumush va bronza. Umumjamoa hisobida hozircha 8-o‘rin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.