Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarning bir guruhi mukofotlandi

“Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.

Farmonda, “Mamlakatimizda olimpiya harakatini yangi bosqichga ko‘tarish, xalqimiz o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, yurtimizda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib kelayotgani, xususan, Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida har tomonlama munosib qatnashib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgani, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin”, – deyiladi.

Prezident Farmonining toliq matni bu yerda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.