Parij chekkasida garovga olinganlar ozod etildi
Parij chekkasida garovga olinganlar ozod qilindi. BFMTV telekanalining aniqlik kiritishicha, restoranning to‘rt nafar xodimi “L’Olivier” pitstseriyasi egasining o‘g‘li tomonidan garovga olingan. U ularni pichoq bilan qo‘rqitgan. Gumondor qo‘lga olinib, qamoqqa olingan.
Avvalroq Frantsiyaning Parij yaqinida joylashgan Issi-Le-Mulino shahridagi restoranlardan birida noma’lum shaxs odamlarni garovga olgani ma’lum bo‘lgan edi. Internetda voqea joyidan olingan kadrlar paydo bo‘lgan.
Ulashish:
Sharhlar