Parij yaqinidagi shaharda noma’lum shaxs odamlarni garovga oldi
Parij yaqinida joylashgan Issi-Le-Mulino shahridagi restoranlardan birida noma’lum shaxs odamlarni garovga oldi. Internetda voqea joyidan olingan kadrlar paydo bo‘lgan.
“Fransiyaning Parij yaqinidagi Issi-Le-Mulino shahridagi restoranda odamlar garovga olindi”, – deb yozadi Shot telegram kanali tegishli suratni e’lon qilib. Hozirda ularni ozod qilish bo‘yicha amaliyot tafsilotlari oshkor qilinmayapti, maxsus xizmatlar faol ishlamoqda.
Ulashish:
Sharhlar