“Parij-2024” bellashuvlarini boshqarib borish uchun O’zbekistondan 12 nafar hakam jalb qilindi
Yozgi Olimpiya o‘yinlari 32 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilib, o‘yinlar mobaynida 329 ta medallar jamlanmasi uchun shiddatli bahslar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘tgan “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlaridan 10 ta medallar jamlanmasi kam degani.
Tashkil etiladigan musobaqalarda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, xalqaro sport federatsiyalari tomonidan jalb qilingan mingdan ziyod hakam, 2 mingga yaqin texnik xodim faoliyat ko‘rsatadi.
Sport vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan 12 nafar hakam olimpiada musobaqalarini nazorat qilib borish uchun taklifnomalar olgan. Futbol musobaqalarini 3, gimnastika 2, shuningdek, boks, dzyudo, og‘ir atletika, taekvondo, qilichbozlik, tennis, sport kurashlarida 1 nafardan o‘zbekistonlik hakam “Parij-2024″da xizmat ko‘rsatadi.
Yozgi Olimpiya o‘yinlari 26-iyul-1- avgust kunlari o‘tkaziladi. O‘yinlarning tantanali ochilish marosimi Parijdagi Sena daryosi bo‘ylab tashkil etiladi.
Ulashish:
Sharhlar