Parijda Paralimpiya o’yinlari boshlandi

Фото: Paralympic.uz

28-avgust kuni Parijda 2024-yilgi yozgi Paralimpiya o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. XVII Paralimpiya o’yinlari Parijda 29-avgustdan 8-sentyabrgacha bo’lib o’tadi.

Ochilish marosimida 500 ga yaqin ijodkor ishtirok etdi. Paralimpiya o‘yinlari mash’alasini olib yurganlar orasida mashhur aktyor Jeki Chan ham bor.

O‘yinlarda 4 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.

O‘zbekiston terma jamoasi 65 nafar sportchiga Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish imkonini beruvchi 113 ta litsenziyaga ega bo‘ldi. Bu o‘zbek paralimpiya sporti tarixidagi eng ko‘p ishtirokchi hisoblanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.