Parijdagi Olimpiadada O‘zbekiston bayrog‘ini kim ko‘tarib chiqishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari delegatsiyasining bayroqdorlarini e’lon qildi.
Millatlar paradida mamlakat bayrog’ini boks bo’yicha jahon chempioni Abdumalik Xalokov va qilichbozlik bo’yicha 2022-yilgi yozgi Osiyo o’yinlari sovrindori Zaynab Dayibekova olib boradi.
Yozgi Olimpiya o’yinlari 26-iyuldan 11-avgustgacha Parijda bo’lib o’tadi. Ularning dasturida 329 ta sovrinlar jamlanmasidan iborat 32 ta sport turi bo’lib o’tadi.
Ulashish:
Sharhlar