Parkent tumanida yuk va yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan Toshkent viloyati IIB YHXB rasmiy munosabat berdi.
“Joriy yilning 22-iyun kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan 4R15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarshisida) haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan R.N “Kamaz” rusumli yuk mashinasini boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamaganligi va harakat tezligini nazorat qila olmaganligi sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta “Cobalt”, “Spark” va “Lasetti” rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etgan”, – deyiladi xabarda.
Ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqorolar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar