3—4-sentabr kunlari havo harorati sezilarli darajada pasayib ketadi
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berishicha, 3—4-sentabr kunlari tungi minimum havo harorati janubiy viloyatlarda +13 daraja, shimolda +10 daraja, tog‘larda +8 daraja hamda respublikaning boshqa viloyatlarida +11 darajagacha pasayib ketadi.
Uzb-meteo Telegram-kanalida qayd etilishicha, katta ehtimol bilan, ushbu kunlari aholi doimiy istiqomat qilmaydigan juda baland tog‘larda havo harorati minimumlari nol darajagacha pasayishi va baland tog‘lar uchun hatto mavsumdagi ilk “sovuq urish” hodisalari kuzatilishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar