Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

2023-yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Murotqobilov Vahobjon Abdug‘aniyevich o’z arizasiga ko’ra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Raxmanov Sherzod Shuxratovich nomzodi Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherzod Raxmanov 1991-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.