Jizzaxda Lacetti yo‘l chetidagi to‘siqqa urilib, pastlikka tushib ketdi
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Lacetti pastlikka tushib ketgani aks etgan videolavha yuzasidan munosabat e’lon qildi.
Hodisa 24-iyun kuni soat 13:00 larda, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 982 km.da yuz bergan.
Samarqand viloyatida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib pastga tushib ketgan. Oqibatda ushbu avtomashina salonida bo‘lgan 29 yoshli yo‘lovchi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ulashish:
Sharhlar