Pavel Durov hibsga olindi. Natijada…

Foto: qalampir.uz

Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olindi. Unga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, Telegram’dagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar qo‘yildi. Durov bilan bog‘liq voqeadan so‘ng dunyoda uni har xil usullar bilan qo‘llab-quvvatlash boshlandi.

Jumladan, Rossiyada Durovni qo‘llab-quvvatlab, heshteglar tushirilgan futbolkalar sotuvga chiqarildi. Ularga Free Durov xeshtegi tushirilgan. Shu nomdagi botlar ham yaratilmoqda.

Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi mamlakat hukumatidan Pavel Durov ishi bo‘yicha tushuntirish berishni talab qildi. Shuningdek, uning huquqlarini himoya qilishni, konsullikka bu borada tegishli huquq berishni ham so‘ragan. Ammo ayni paytda Fransiya tomoni bu masalada o‘zaro hamkorlik qilmayapti.

“Pavel Durov advokati bilan aloqada bo‘lib turibmiz”, deyilgan elchixona xabarida.

Shuningdek, Moskvadagi Fransiya elchixonasida Rossiyaning “Yangi odamlar” partiyasi Durovni qo‘llab-quvvatlash mitingini boshladi. Partiya rasmiylari turli mintaqalardagi rus diasporasidan Durovni ozod qilish uchun Fransiya elchixonalariga Telegram logotipidagi qog‘oz samolyotlarni tashlab ketishga chaqirgan.

Ayrim ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishi “Parijdagi kechki ovqat” nomli maxsus xizmatlarning tezkor operatsiyasi natijasi bo‘lishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad Rossiyaning axborot imkoniyatlarini zaiflashtirish va AQSHning targ‘ibot-mafkuraviy va razvedka apparati nazorati ostidagi ijtimoiy tarmoqlarning salohiyatini oshirish ekanligi qayd etilmoqda. Durov iyun oyida Telegram’da Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurish niyatini bildirgandi. Undan keyin Ozarbayjon, Pokiston, Bangladesh, ehtimol Afg‘onistonga borish ham rejalashtirilgandi. Jumladan u O‘zbekistonga ham kelgan edi. Safari haqida ham yozib, O‘zbekistonning 70 foizdan ortiq aholisi Telegram’dan foydalanishini aytgandi.

 

Bakudagi tashrifdan so‘ng, Durovning shaxsiy samolyoti shartli Karachi yoki Dakkaning o‘rniga Parijga yo‘l olgan. Ba’zi nao‘rlarning yozishicha, uchuvchilar G‘arb maxsus xizmatlari tomonidan sotib olingan. Tungi parvozda parvoz qaysi yo‘nalishda amalga oshirilayotganini kuzatish mumkin emas. Chegaradan o‘tish masalasida esa, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi va Fransiya xizmatlari tegishli choralarni amalga oshirgan.

Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev Durov ishining tezroq hal etilishiga umid bildirdi.

“Men Pavel Durov va Telegram jamoasi bilan bog‘liq so‘nggi voqealardan chuqur afsusdaman va Durovni qo‘llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman. Biz bu vaziyat tezroq hal etilishiga umid qilamiz”, deb yozgan u o‘zining Facebook sahifasida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa mamlakatning Parijdagi elchixonasi tomonidan Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga Durov bilan konsullik aloqasini talab qilib nota yuborilganini ma’lum qildi.

“Muammo shundaki, Pavel Durov Fransiya fuqaroligiga ega”, degan Zaxar

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.