Pavel Durov O‘zbekistonga safari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida O‘zbekistonga qilgan sayohati haqida post joyladi.
Durovning aytishicha, O‘zbekiston aholisi messenjerni yaxshi ko‘radi va mamlakat aholisining 70 foizdan ortig‘i undan foydalanadi. U mamlakatdagi har bir biznes telegram bot yoki kanalidan foydalanishini ta’kidladi.
“Sayohatim davomida jadal rivojlanayotgan Toshkentning ilg‘or infratuzilmasi, O‘zbekiston shaharlari va landshaftlari, Buxoro va Samarqandning boy tarixi meni hayratda qoldirdi. Ko‘plab yosh va iqtidorli, qalbi mehribon insonlarni uchratdim. “Ishonchli qabul uchun minnatdorman va shu yil oxirida quyoshli Toshkentda uzoqroq qolishga umid qilaman”, – deya xulosa qildi Durov.
Sharhlar