Qashqadaryoda haydovchi piyodani urib yuborib, uni dalaga tashlab ketdi va o‘limiga sababchi bo‘ldi

Фото: кадр из видео

Qashqadaryo viloyatida Labo haydovchisi mast piyodani urib yuborib, uni paxta dalasida qoldirib ketdi va uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda “Ovoz” dasturi xabar bermoqda.

Hodisa Qarshi tumanida tungi vaqtda sodir bo‘lgan. Haydovchi alkogol mastlik holatida bo‘lgan erkakni yurib yuborgan. So‘ng u jabrlanuvchini mashinasiga ortib, dalaga olib kelgan va shu yerda qoldirib ketgan. Oqibatda piyoda vafot etgan.

Haydovchiga nisbatan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish va xavf ichida qoldirish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi hibsga olindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.