Payariqda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilgan

Foto: Departametn

Payariq tumanida mas’ullar tomonidan o’tkazilgan reyd tadbirlar davomida fuqaro M.U. “P.F.” MCHJga qarashli binoda yashirin sex tashkil etib, hech qanday hujjatsiz yog‘ ishlab chiqargani aniqlangan. Ushbu sexdan 6,8 tonna paxta xom ashyosi, 2 tonna texnik chigit, 126 kg. iste’molga yaroqsiz yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.