O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 milliondan oshdi
O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 million kishidan oshdi, deb xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 1-iyun holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil qilgan. 2024-yilning 1-may holatiga ular soni 3 mln 998 ming 966 nafar bo‘lgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 102 610 nafar fuqaroga yoshga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7 186 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.
Ulashish:
Sharhlar