Peruda futbolchi chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi
Fojia 3-noyabr kuni Peru chempionatidagi «Yuventud Bellavista» va «Familiya Chokka» klublari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida yuz bergan.
Uchrashuvda kuchli yomg‘ir boshlangach, hakam o‘yinni to‘xtatgan. Futbolchilar maydonni tark etayotganda 39 yoshli sportchi Xose Uguni yashin urgan. Yana bir qancha futbolchilar kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ulashish:
Sharhlar