Peterburgdagi omborlardan birida o‘zbekistonlik fuqaro press ostida qolib halok bo‘ldi

МВД РФ предложило сократить срок пребывания мигрантов

Sankt-Peterburgdagi omborlardan birida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosining hayotiga zomin bo‘lgan  fojia yuz berdi. U 6 sentyabr kuni ertalab soat 10:00 da tigel pressi ostiga tushib ketib halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum rasman ishlamagan va migratsiya ro‘yxatida turmagan. Voqea joyiga borgan tergov guruhi ishchining jasadini topgan, o‘limning aniq sababini aniqlash uchun jasad o‘likxonaga yuborilgan.

Hozirda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari “ish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.