Pirotexnika buyumlariga oid jinoyat uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Фото: www.milliygvardiya.uz

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-949-son, 28.08.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.