Pokistonda jangarilarning hujumi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning Kurram tumanida avtomobillar karvoniga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida kamida 38 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda .
“Pokiston shimoli-g‘arbidagi notinch mintaqada qurollangan shaxslar shia musulmonlarini olib ketayotgan yo‘lovchi mashinaga qarata o‘t ochdi, kamida 38 kishi, jumladan, olti ayol halok bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi”, — deyiladi xabarda.
Bir necha jabrlanuvchining ahvoli og‘ir. Agentlikning qayd etishicha, hujum so‘nggi yillarda mintaqadagi eng yirik hujum bo‘lgan. Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Avvalroq Pokistonning Kvetta shahridagi temir yo‘l vokzalida sodir etilgan terakt oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan edi.
Sharhlar