O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi mamlakatlariga poliz mahsulotlari eksporti kengaymoqda
O‘zbekistonning “Oksus” korxonasi tomonidan umumiy hajmi 20 tonnaga yaqin bo‘lgan poliz mahsulotlari Latviyaning “KGS Group” kompaniyasiga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahsulotlar joriy yilning 16-sentabr kunidan boshlab Latviya shaharlaridagi yirik savdo markazlarda sotuvga qo‘yila boshlangan. O‘zbekiston va Latviya ishbilarmon doiralari vakillari ushbu mahsulotlarni Boltiqbo‘yi mamlakatlari bozorlariga yetkazib berish hajmini yanada oshirishni rejalashtirishmoqda.
O‘zbekistonning poliz mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalari Boltiqbo‘yi mamlakatlari bozorlarida sotilayotgan o‘zbek milliy mahsulotlari assortimentini ko‘paytirish masalalarini muhokama qilish uchun mintaqadagi yirik importyor kompaniyalar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Sharhlar