Postdan yashirincha olib o’tilayotgan 670 million so’mlik mahsulot aniqlandi

Foto: Toshkent shahar BB

“Chuqursoy” bojxona postida xorijdan keltirilgan 17 tonna og‘irlikdagi LED lampalarga tegishli ehtiyot qismlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida navbatdagi bojxona qonunbzilishi holati fosh qilindi.

Bojxona yuk deklaratsiyasida qiymati 670 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan 9 turdagi mazkur tovarlarning kodi o‘zgartirilgani ma’lum bo‘lgan. Garchi tovar kodlarida qayd etilgan xususiyatlari bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da ehtiyot qism tarzidagi mahsulot hujjatlarda tayyor LED lampa sifatida qayd etilgan, miqdori esa donada ko‘rsatilgan. Shu zaylda yuk egalari davlat budjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 112 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlaridan qochishga urinishgan.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan yil boshidan buyon aniqlangan 3,7 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati salkam 70 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.