Poytaxt hokimligi “Yashil shahar” kunida ishtirok etishga chorlamoqda
Toshkent shahar hokimligi “Yashil shahar” kunida ishtirok etishga taklif etadi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati yozmoqda.
“9-noyabr kuni poytaxtimizda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi va biz barcha tashkilotlar, korxonalar hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chorlаymiz”, – deyiladi hokimlik xabarida.
Daraxtlarni o‘zingiz xohlagan joyda — uyingiz hovlisida, korxona hududida yoki hokimlikka murojaat qilib, boshqa tavsiya etilgan maqbul joylarda ekishingiz mumkin.
Poytaxtning iqlim sharoiti va mavsumiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, yagona ekotizimni saqlash uchun, mutaxassislar daraxtlarning yaxshi ildiz otishi uchun qalamchalar o‘rniga 2 yoshdan katta ko‘chatlarni ekishni va sug‘orish tizimi mavjud joylarni tanlashni tavsiya etishadi.
Mintaqamizda tarixan o‘zini yaxshi ko‘rsatgan manzarali daraxtlarning quyidagi turlariga e’tibor qaratish lozim:
Chinor
Lola daraxti
Lipa
Katalpa
Zarang
Qayrag‘och
Eman
Oq/pushti akatsiya
“Keling, shahrimizni birgalikda yanada yashil qilaylik!”, – deyilgan
Sharhlar