Poytaxtning qator markaziy ko‘chalarida noqonuniy reklama banerlari demontaj qilinmoqda
Toshkent shahrining qator tumanlarida noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shahrning tashqi qiyofasi ko‘rkamligini saqlab qolishga hamda ko‘chalarda xavfsizlikni oshirishga yo‘naltirilgan reyd tadbirlari davomida ko‘plab qonun buzilishlar aniqlangan.
Poytaxt tumanlari hokimliklarining mutasaddilari, hususan, Mirobod tumani hokimligi vakillari ishtirokida olib borilgan reyd tadbirlarida Nukus, Shaxrisabz, Farg‘ona yo‘li va boshqa qator ko‘chalarda joylashgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismi, piyodalar yo‘laklarida o‘rnatilgan 120dan ziyod noqonuniy reklama va turli e’lonlar banerlari demontaj qilingan.
Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi Bobur va Nukus ko‘chalarida joylashgan 16 qavatli ko‘p qavatliuyning fasadqismiga joylashtirilgan reklama baneri tegishli soxa mas’ullarining xulosasiga asosan bartaraf etildi, – deyiladi xabarda.
Sharhlar