Poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilgan
Poytaxtda hademay issiqlik mavsumi boshlanish arafasida. Unga tayyorgarlik jarayonida qanday ishlar bajarildi, deb yozmoqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati.
Poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilgan. 76 km eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi va 1.32 km issiqlik tarmoqlari yer ostiga olindi.
47.1 km Issiqlik tarmoqlaridagi izolyatsiya qoplamasi qayta tiklanib, 12 ta nasos stansiyalari mukammal ta’mirlandi.
92 ta nasos stansiyasi esa joriy ta’mirlandi.
1512 ta zulfinlar almashtirildi. Bu esa yillik rejani 129 foizga bajarish degani.
Bundan tashqari, 2927 dona havodan o‘tgan issiqlik quvurlari bo‘yaldi . 159 ta hisoblagich va 112 dona Individual issiqlik punktlari o‘rnatilgan. Shuningdek, qish mavsumida zarur bo‘ladigan zaxira anjomlari 100 foiz hozirlab qo‘yilgan. Barcha ma’lumotlar “Veolia energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan taqdim etilgan.
Sharhlar