Poytaxtdan Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda yangi tunnel ochildi
Toshkentdan Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda yangi tunnel ochildi. Bu haqda IIV JXD YHXX xabar qildi.
“Toshkent shahridan Bo‘stonliqqa “Yangi O‘zbekiston” yo‘li tomondan borishda va qaytishda yangi qo‘shimcha tarmoq yo‘llaridagi qurilishning birinchi bosqichi tugallandi. Endi Chorvoq suv ombori tomon ketayotgan haydovchilar chorrahada tirbandlikda turishlari shart emas”, – deyiladi xabarda.
Tunneldan o‘tish uchun yo‘ldan o‘ngga qarab ketish kerak.
Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun 4R12 yo‘lidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasiga chiqish tashkil etildi.
Tunnel orqali og‘ir avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorrahadan o‘tishlari kerak.
Sharhlar