Poytaxtning Bobur ko‘chasi bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qilyapti.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.
Shu sababli, joriy yilning 16-oktyabr kunidan 15-noyabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanishini, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yo‘naltirilishini ma’lum qilamiz.
Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz, – deyiladi.
Sharhlar