Poytaxtning issiqlik tarmoqlari sovuqqa tayyor

Foto: Videodan qirqib olingan

Poytaxtda hademay issiqlik mavsumi boshlanish arafasida. Unga tayyorgarlik jarayonida qanday ishlar bajarildi. Bu  haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish doirasida poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilgan. 76 km eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi va 1.32 km issiqlik tarmoqlari yer ostiga olindi. 47.1 km issiqlik tarmoqlaridagi izolyatsiya qoplamasi qayta tiklanib, 12 ta nasos stansiyalari mukammal ta’mirlandi. 92 ta nasos stansiyasi esa joriy ta’mirlandi. 1512 ta zulfinlar almashtirildi. Bu esa yillik rejani 129 foizga bajarish degani.

Bundan tashqari, 2927 dona havodan o‘tgan issiqlik quvurlari bo‘yalgan. 159 ta hisoblagich va 112 dona Individual issiqlik punktlari o‘rnatilgan. Shuningdek, qish mavsumida zarur bo‘ladigan zaxira anjomlari 100 foiz hozirlab qo‘yilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.