Prezident: 2025-yil suv xoʻjaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” boʻladi

Foto: Prezident matbuot ximati

Prezidentimiz 2025-yil suv xoʻjaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” boʻlishini taʼkidladi.

Hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sugʻorishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017-yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.

Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini oʻrnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga Jizzax va Namangan bosh nasos stansiyalarini shaffof va jozibador shartda xalqaro tenderga chiqarish topshirildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.