Prezident: 37 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondek davlatning parlamenti a’zosi bo‘lish, sharafdir

Foto: prezidenrt matbuot xizmati

Ayni vaqtda xalqimizning hurmat va e’tiborini, orzu-umidlarini har kuni, har daqiqada his etib, ana shu yuksak ishonchga munosib mehnat qilish – beqiyos mas’uliyat.

“Deputat – bu xalq xizmatchisi, barchaga o‘rnak bo‘ladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, o‘z Vatanini chin dildan sevadigan insondir.

Oila, mahalla va butun jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini qat’iy himoya qilishda xalqimiz, barchamiz avvalo ularga tayanadi.

Ishonchim komil, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, sidqidildan mehnat qilib, jonajon Vatanimizni albatta tom ma’noda erkin, obod va farovon mamlakatga aylantiramiz”, – dedi Prezident nutqining yakunida.

Shuningdek, majlis davom etmoqda, deputatlar so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.