Prezident barcha ota-ona, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi
Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi:
“Bizning dunyodagi eng aziz va mo‘tabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir.
Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar bo‘lib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.
Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat’iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.
Ta’lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.
Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!
Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”
Sharhlar