Prezident COP29 sammitida iqlim o‘zgarishiga qarshi yangi tashabbuslarni ilgari surdi
12 November 2024
Foto:
Prezident matbuot ximati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi konvensiyasi COP29 sammitida nutq so‘zlab, global iqlim muammolarini birgalikda yengish bo‘yicha qator takliflar bildirdi.
Davlat rahbari iqlim o‘zgarishlari dunyo bo‘ylab kambag‘allik, oziq-ovqat xavfsizligi, ichimlik suvi va energetik xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni kuchaytirayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonda 2030-yilgacha issiqxona gazlarini uchdan bir qismini kamaytirish, 2050-yilgacha esa «yashil» energetika ulushini 40 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Prezident Mirziyoyev iqlim xatarlariga qarshi choralar ko‘rish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini aytib, qator tashabbuslarni ilgari surdi:
Xalqaro markaz: rivojlanayotgan davlatlar uchun iqlim yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha markaz tuzish;
Daryo ekotizimlari Deklaratsiyasi: BMT shafeligida transchegaraviy suv resurslarini himoya qilish bo‘yicha hujjat ishlab chiqish;
Genetik resurslar banki va BMT innovatsion agrosanoat xabi: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yangi texnologiyalar markazini tashkil etish;
Jahon iqlim poytaxtlari alyansi: megapolislarning barqaror rivojlanishi uchun Toshkentda birinchi forum o‘tkazish.
Prezident Mirziyoyev COP29 ishtirokchilarini kelgusi yil Xalqaro iqlim kunida Orolbo‘yida o‘tkaziladigan “yashil” tashabbuslar festivaliga taklif qildi va O‘zbekiston xalqaro hamkorlik va «yashil» taraqqiyot yo‘lida doim tayyor ekanini bildirdi.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Sharhlar